Armanistonda bosh vazirga suiqasd uyushtirishda ayblangan sobiq mer hibsga olindi

Armanistonda bosh vazirga suiqasd uyushtirishda ayblangan sobiq mer hibsga olindi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan hayotiga suiqasd qilishda ayblanib, “Erkrap” ko‘ngillilar uyushmasi raisining sobiq o‘rinbosari Albert Bazeyan hibsga olindi.

Bu haqda Bazeyanning advokati Akop Jangiryan Sputnik Armanistonga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Yerevanning sobiq meriga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan. U tergov hali yakunlanmaganini eslatib, himoya tomonining keyingi qadamlarini ko‘rsatmadi.

Avvalroq arman matbuotida 23-sentyabr kuni Bazeyan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga suiqasd uyushtirish va mamlakatda hokimiyatni zo‘ravonlik bilan almashtirishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanib, polisiya bo‘limiga olib ketilgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!