Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyat ortida Eron turibdimi?

Eron rejimi Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishiga katta mas’ul bo‘lib, Armanistonga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib berish orqali olovga yog‘ quymoqda, deb xabar beradi Isroilning i24 sayti.
So‘nggi paytlarda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga aloqador manbalar Eron qo‘shinlarining chegaradagi suratlari va videolarini chop etdi. Bu materiallar Ozarbayjon va Armaniston chegarasida armiyaning quruqlikdagi bo‘linmalari, shuningdek, IRGK otryadlari to‘planganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Rossiya manbalari urush boshlangan taqdirda Eron Armanistonga qo‘shin kiritishga tayyorligini bildirmoqda.
Bunday faollikka sabab, Tehronning Zangezur yo‘lagini yaratish rejasi amalga oshishidan qo‘rqishi, natijada Eron va Armaniston o‘rtasidagi aloqa uzilishi mumkin. Tehron Rossiyaga asosan Armaniston hududi orqali qurol yetkazib beradi. Bunda yaqinda Armanistonga qurol yetkazib beruvchiga aylangan Hindiston ham ishtirok etmoqda.