Armaniston rasmiylari Rossiya ommaviy axborot vositalarini gibrid urush olib borishda va dezinformasiyada ayblamoqda

 Armaniston rasmiylari Rossiya ommaviy axborot vositalarini gibrid urush olib borishda va dezinformasiyada ayblamoqda

Bu haqda Armaniston Bosh vaziri apparati rahbari Arayik Arutyunyan bayonot berdi.

Bunga Rossiyaning NTV telekanalining Armaniston hukumati binosidagi AQShning desantchilari haqidagi syujeti sabab bo‘ldi. Unda aytilishicha, Yerevanda namoyishchilar hukumat binosiga bostirib kirib, u yerda o‘quv mashg‘ulotlari uchun kelgan amerikalik desantchilarga duch kelishgan.

"Aftidan, Rossiya ommaviy axborot vositalarida Armanistonga qarshi boshlangan gibrid urushda ularga mashhur ertakdagi kabi, kim ko‘proq yolg‘on gapirsa, saroyning(Kremlning) yarmini oladi, deb va’da berilganga o‘xshaydi", - deb yozdi Arutyunyan o‘zining Facebook'dagi sahifasida.

"Rossiya telekanallarining "eng yomon" propagandachilari armanlar ekanligi hayratlanarli: Margarita Simonyan, Tigran Keosayan, Aram Gabrelyanov, Semyon Bagdasarov, Roman Babayan, Sergey Kurginyan, Andranik Migranyan va boshqalar", - degan Arutyunyan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!