Arazlab ketgan ayollar uyiga qaytdi

Arazlab ketgan ayollar uyiga qaytdi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida joriy yilning o‘tgan davrida 139 ajrim qayd etilgan. 

– Ajrimlarning oldini olish bo‘yicha qo‘mitamiz faollari, boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Buloqboshi tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gulnora Xudoyberdiyeva. – Jumladan, shu yilning o‘zida ajrashish arafasida turgan 49 oila yarashtirildi, oilasidagi turli nizolar tufayli ota-onasining uyiga borib yashayotgan 33 nafar ayol o‘z xonadoniga qaytarildi. 

“Biz – ajrimlarga qarshimiz” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida ham oilalar mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. 

Tuman xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda huquqshunoslar, mahalla fuqarolar yig‘inlarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari, otinoyi va dasturxonchilar, kayvoni onaxonlar, ibratli xonadon sohibalari ishtirok etdi. 

Davra suhbatida tumandagi har bir mahallada ajrimlarning oldini olish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarga yo‘l qo‘ymaslik, yigit-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, qaynona-kelin munosabatlarini yaxshilash, oilalarni mustahkamlash borasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, targ‘ibot-tushuntirish ishlari samaradorligini yanada oshirish hamda keng jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!