Ar-Riyoddagi muzokaralarda, avvalo, Qora dengizda kemalarning xavfsiz harakati masalasi muhokama qilindi

Ar-Riyoddagi muzokaralarda, avvalo, Qora dengizda kemalarning xavfsiz harakati masalasi muhokama qilindi — Rossiya TIV rahbari.
Sergey Lavrovning boshqa bayonotlari:
◾️ Rossiya Qora dengizda don tashabbusini barcha tomonlar uchun maqbul shaklda qayta tiklash tarafdori;
◾️ Moskva Afrika, Global Janub va Sharq mamlakatlarining oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha holatidan xavotirda, chunki ular “G‘arbning o‘yinlari”dan aziyat chekmoqda;
◾️ Rossiya delegasiyasi Ar-Riyodda AQSh vakillari bilan uchrashuvda Qora dengiz bo‘yicha yangi tashabbusda "tushunarsiz jihatlar" bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi;
◾️ Rossiyaga Ukraina tomonidan beriladigan har qanday kafolat faqatgina AQShning Zelenskiyga bergan buyrug‘i natijasida yuzaga kelishi mumkin;
◾️ Yevropa Ittifoqining Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish haqidagi rejalari ularning siyosiy muvaffaqiyatsizligini namoyish qilmoqda;
◾️ Yevroittifoqning Ukraina bo‘yicha yondashuvlari Tramp ma’muriyatining pozisiyasiga butunlay zid keladi;
◾️ Bayden ulkan xatoga yo‘l qo‘ydi, u Moskvani eshitishdan bosh tortib, Kiyevning NATO'ga a’zo bo‘lishini talab qildi va Rossiya uchun tahdid yaratdi;
◾️ Kiyev garchi u bir qator Yevropa davlatlarini energiya bilan ta’minlash uchun muhim bo‘lsa ham Sudja gaz taqsimlash stansiyasiga zarba berdi va bu ishda Rossiyani aybladi;
◾️ AQSh Rossiyaning kafolatlar bo‘yicha signalini eshitdi va faqatgina Vashington Kiyevning hujum hamda terror harakatlarini to‘xtatishda ijobiy natijaga erisha olishini tushundi;
◾️ Rossiyani tiyib turish va uni mag‘lub etish istagi Napoleon va Gitlerda ham bo‘lgan, biz bularning barchasini avval ham boshdan kechirganmiz.