AQShning yangi budjeti qabul qilingandan keyin Ukrainaga yetkaziladigan yordamning birinchi partiyasi 1 milliard dollarga tushadi

AQShning yangi budjeti qabul qilingandan keyin Ukrainaga yetkaziladigan yordamning birinchi partiyasi 1 milliard dollarga tushadi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Harbiy ko‘mak avvalroq Kongress Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan va AQSh Senati tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan 61 milliard dollarlik qonun loyihasi doirasida taqdim etiladi.

Paketga zirxli transport vositalari, Stinger zenit raketa kompleksi va HIMARS snaryadlari, 155 mm o‘lchamli o‘q-dorilar, TOW va Javelin tankga qarshi snaryadlari, shuningdek, “jang maydonida darhol qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan boshqa qurollar” kiradi.

Avvalroq G‘arb OAVlari Qo‘shma Shtatlar tomonidan taqdim etiladigan qurollar allaqachon Polsha va Germaniyaga yetkazilgani, tegishli qonun ma’qullanishining yakuniy bosqichidan keyin bir necha kun ichida Ukrainaga topshirilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!