AQShning Cygnus kosmik yuk kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli tutashdi

AQShning Cygnus kosmik yuk kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli tutashdi

AQShning Cygnus kosmik yuk kemasi 22 fevral, dushanba kuni Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bilan muvaffaqiyatli tutashdi, deb xabar berdi NASA’ga tayanib «Interfaks».

Hyustondagi NASA missiyasini boshqarish markazining ma’lum qilishicha, yuk kemasini stansiyaning Amerika segmentiga — Unity moduliga biriktirish bo‘yicha operasiya AQShning Sharqiy sohili vaqti bilan soat 07:16 (Toshkent vaqti bilan soat 17:16)da yakunlandi.

Cygnus XKSga, taxminan, 3,7 tonna yuk, jumladan, oziq-ovqat, uskunalar va o‘nlab ilmiy tadqiqotlar uchun materiallar yetkazib berdi.

Uning uchirilishi 20 fevral kuni AQShning Virjiniya shtatining Atlantika sohilidagi xuddi shu nomdagi orolda joylashgan NASA Wallops kosmodromidan Antares raketasi yordamida amalga oshirildi.

Kosmik kema XKSda uch oyga yaqin turishi rejalashtirilgan. Cygnus o‘zi bilan stansiyadan chiqindilarni olib ketadi. Hyustondagi NASA missiyasini boshqarish markazining buyrug‘i bilan ikki haftalik avtonom parvozdan so‘ng kosmik kema orbitadan chiqariladi va atmosferaning zich qatlamlarida yonib ketadi.

Bundan avval Amerikaning Perseverance marsoxodi Marsga muvaffaqiyatli qo‘ngani xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!