AQShdan amerikaliklarga jiddiy ogohlantirish!

AQShdan amerikaliklarga jiddiy ogohlantirish!

AQSh barcha amerikaliklarni, hatto jurnalistlarni ham Rossiyani tark etishga chaqirmoqda.

Bu chaqiriq bilan AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi chiqdi, deb xabar bermoqda CNN.

"Hozir amerikaliklar Rossiyada bo‘lishining vaqti emas. Agar siz Rossiyada bo‘lsangiz — xoh ishda, xoh ta’tilda, xoh har qanday sayohat maqsadida — hozir ketishingiz kerak. Rossiya siz uchun eng yaxshi joy emas, garchi siz u yerda faoliyat yuritadigan jurnalist bo‘lsangiz ham. Rossiya endi AQSh fuqarolari uchun dushman muhitga aylandi. Va agar siz u erda bo‘lsangiz, ketish vaqti keldi", — deya ta’kidladi Kirbi.

Bir kun avval Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer ham xuddi shunday bayonot bilan chiqqan va "Rossiya amerikaliklar uchun xavfsiz emas", — deb ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!