AQShda xavfli moddalar yuklangan poyez relsdan chiqib ketdi, vagonlar alanga ichida qoldi

AQShning Ogayo shtatida xavfli moddalar olib ketayotgan yuk poyezdining 50 ga yaqin vagoni relsdan chiqib ketdi.
Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, poyezd vagonlarining bir qismi relsdan chiqib ketganidan so‘ng ular alanga ichida qolgan.
“Yong‘in hamon davom etmoqda, temir yo‘llar hamon to‘sib qo‘yilgan”, — deyiladi xabarda.
Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)