AQShda samolyot ko‘lga qulab tushdi. Qurbon bor

AQShda samolyot ko‘lga qulab tushdi. Qurbon bor

Etti kishi bo‘lgan yengil motorli samolyot AQShning Tennesi shtatida ko‘lga qulab tushdi. Bu haqda CNN AQSh Federal aviasiya ma’muriyatiga asoslanib xabar bermoqda. Halokat sabablari haqida xabar berilmagan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, halokat samolyot havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar samolyot qoldiqlari va bitta qurbonning jasadini topdilar. Bortdagi qolgan odamlarning taqdiri hali noma’lum. Qidiruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!