AQShda samolyot aeroportda yonib ketdi. Hamma o‘ldi

AQShda samolyot aeroportda yonib ketdi. Hamma o‘ldi

AQShning Jorjiya shtatida bir motorli Cessna 210 samolyoti DeKalb Pichtri aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinidagi maydonga qulab tushdi va yonib ketdi. Natijada bortdagi barcha odamlar halok bo‘ldi. Bu haqda 9 oktyabr, shanba kuni FOX 5 Atlanta telekanali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, to‘rt kishi olti kishilik samolyot halokati qurboniga aylangan, ularning kimligi oshkor qilinmagan.

Voqeadan keyin aeroport bir muddat yopilgandi. Uning ishi allaqachon tiklangan.

AQSh Federal aviasiya boshqarmasi va Transport xavfsizligi milliy kengashi hodisa yuzasidan tergov ishlarini boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!