AQShda Falastinparast faollar Oq uy yaqinidagi haykallarga graffiti yozishdi

AQShda Falastinparast faollar Oq uy yaqinidagi haykallarga graffiti yozishdi

AQSh poytaxti Vashingtonda Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga qarshi namoyishchilar Oq uy yaqinidagi binolar va haykallarga graffiti sepdilar. Bu haqda Washington Post nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabar berishicha, minglab faollar Vashington markazida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishga yig‘ilgan va AQShdan Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilib, Oq uyni o‘rab olgan. Uning ta’kidlashicha, faollar qizil lentani yoyib, Oq uyning butun perimetri bo‘ylab saf tortishgan va yig‘ilganlar "Falastinga erkinlik" va "G‘azo ishg‘olini to‘xtating" shiorlarini aytishgan.

“Shanba kuni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlovchi miting chog‘ida Oq uy yaqinidagi haykallar va inshootlarga graffitiyalar qo‘yilgan va buzib tashlandi”, deb yozadi gazeta.

Qayd etilishicha, namoyishchilar Amerika mustaqillik urushi ishtirokchilari Gilbert de Lafaette va Kont de Roshambo haykallari, shuningdek, AQShning yettinchi prezidenti Endryu Jekson haykaliga G‘azoni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlarni yozishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!