AQShda alkogol yuklangan poyezd relsdan chiqib ketdi. Katta yong‘in bo‘lmoqda

AQShda alkogol yuklangan poyezd relsdan chiqib ketdi. Katta yong‘in bo‘lmoqda

Texasda alkogol yuklangan vagonlar relsdan chiqib ketdi. Natijada keng ko‘lamli yong‘in sodir bo‘ldi. KFDX ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda qulagan 28 ta sisternadan 25 tasi yonmoqda.

Hodisa 8 yanvar kuni ertalab soat 10 larda (Toshkent vaqti bilan taxminan 21:00) Vilbarger okrugidagi Vernon shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Vagonlarning relsdan chiqib ketishiga nima sabab bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda, chunki ekspertlar alanga kuchliligi tufayli favqulodda vaziyat joyini o‘rgana olmaydi.

O‘t o‘chiruvchilar hali yong‘inni bartaraf eta olishmadi, bundan tashqari, alanga boshqa mashinalarga ham tarqaldi. Agar dastlab 10 ga yaqin alkogolli sisterna alangasi haqida xabar berilgan bo‘lsa, hozir ularning soni 25 taga yetdi.Jami poyezdda 98 ta vagon etanol tashilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!