AQSh yaqin besh yil ichida yadroviy qurol tarqalishining yangi bosqichini bashorat qilmoqda

Qo‘shma Shtatlar yaqin besh yil ichida yadroviy qurollarning tarqalishi va yangi yadroviy davlatlar paydo bo‘lishini kutmoqda.
Bu haqda AQSh Mudofaa razvedka boshqarmasi direktori general-leytenant Jeffri Kruz AQSh Senatining razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasining tinglovida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika razvedka hamjamiyati yadroviy qurollarning tarqalishi, shuningdek, ularning evolyusiyasini faol kuzatib boradi.
"Sayyoramizda kim yadro quroliga ega ekanligini, ular qanday turdagi va o‘lim darajasiga ega bo‘lishini tushunishimiz kerak. O‘tgan besh yil ichida vaziyat keskin o‘zgardi, keyingi besh yilda ham o‘zgarishlar davom etadi", - dedi Kruz.
Shuningdek, u o‘zining oldini olish strategiyasiga ega bo‘lgan yangi yadroviy mamlakatlarning paydo bo‘lishi dunyodagi vaziyatni murakkablashtirishi va Vashingtonning siyosiy qarorlariga, jumladan, qurolli mojarolar sohasida ham ta’sir qilishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, tinglovlarda SSSR parchalanganidan keyin Rossiyaga o‘tkazilgan Ukraina yadroviy arsenaliga oid masala ham muhokama qilindi.
Senator Jon Kornin Kiyevning yadroviy maqomdan voz kechganini esladi, bunga Kruz shunday javob berdi: “Ukraina boshqalarni himoya qilish uchun o‘z ixtiyori bilan qurollaridan voz kechdi”.