AQSh Xitoy Rossiyaga yordam berishidan qo‘rqmoqda

AQSh Xitoy Rossiyaga yordam berishidan qo‘rqmoqda

Oq uy Xitoy yetakchisi Si Szinpin Rossiyani faolroq qo‘llab-quvvatlashidan xavotirda. Bu haqda RIA Novosti The New York Times nashriga tayanib xabar berdi.

“AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati a’zolari orasida Si Szinpinning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojarodagi o‘z mamlakatining roli haqidagi qarashlari o‘zgargani va kelajakda Pekin Moskvani yanada kuchliroq qo‘llab-quvvatlaydi, degan ishonch kuchayib bormoqda”, — deyiladi nashrda.

Maqolada ta’kidlanishicha, bir necha oy oldin amerikalik amaldorlarning aksariyati bu nuqtai nazarni mubolag‘a deb bilishgan va Bayden Rossiya va Xitoy "o‘zaro shubhalarni yengib" hamkorlik qila olishiga ochiq shubha bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!