AQSh Vakillar palatasi Trampning Kanada borasidagi takliflarini rad etdi
AQSh Vakillar palatasi Prezident Donald Trampning Kanadaga qo‘ygan tariflarini rad etdi.
Bu haqda “Kommersant’” nashri xabar bermoqda.
Qonunchilar Kanada tovarlariga qarshi savdo choralari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan favqulodda holatni tugatish to‘g‘risidagi rezolyusiyani 219 ga qarshi 211 ovoz bilan qo‘llab-quvvatlaganliklari haqida xabar berilgan.
Quyi palatada respublikachilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Reuters agentligining xabar berishicha, bu prezidentga qarshi Vakillar palatasining kamdan-kam uchraydigan qarshiligi. Tariflarni qoralovchi chora endi Senatga yuboriladi. Agentlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, yuqori palata ham chorani qo‘llab-quvvatlashi ehtimoli yuqori, ammo senatorlar prezidentning veto qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetarli ovozga ega bo‘lmasligi mumkin.
O‘z navbatida, Oq uy prezidenti Donald Tramp savdo tariflariga qarshi bo‘lgan respublikachilar saylovlarda qo‘llab-quvvatlashni yo‘qotishini aytdi. U tariflarga qarshi bo‘lganlar hatto partiya saylovlarida ham ovozlarini yo‘qotish xavfi ostida bo‘lishlari bilan tahdid qildi. "Tariflar bizga iqtisodiy va milliy xavfsizlikni berdi va hech bir respublikachi bu imtiyozni yo‘q qilish uchun javobgar bo‘lmasligi kerak", deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy media platformasida.
Eslatib o‘tamiz, qonun chiqaruvchilar qarshi bo‘lgan favqulodda holat Tramp tomonidan 2025 yil fevral oyida e’lon qilingan edi. Prezident o‘zining farmonini giyohvand moddalar kontrabandasi va noqonuniy immigrasiyaga qarshi kurash vositasi sifatida keltirgan edi. Hujjat AQSh hukumatiga Kanada importiga 10% tarif joriy etishga ruxsat berdi.
