AQSh va Kanada Eronning dron ishlab chiqaruvchilariga sanksiya kiritdi

AQSh va Kanada Eronning dron ishlab chiqaruvchilariga sanksiya kiritdi

Kanada va Qo‘shma Shtatlar so‘nggi 24 soat ichida sanksiyalar ro‘yxatiga Eronning jangovar uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqaruvchilari va ularni Rossiyaga olib o‘tishda ishtirok etgan shaxslar kiritilganini e’lon qildi.

Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli chorshanba kuni, Kanada Eronning Shahed va Qods aviakompaniyalari va ular bilan aloqador bo‘lgan olti kishiga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Kanada Tashqi ishlar vazirligining so‘zlariga ko‘ra, bu ikkala kompaniya, boshqa narsalar qatori, Rossiya tomonidan Ukraina bilan urushda foydalaniladigan dronlarni ishlab chiqadi va ishlab chiqaradi.

Kanada sanksiyalar reestriga kiritilgan yozuvga ko‘ra, bu shaxslar va firmalar 10 noyabrdayoq ro‘yxatga olingan.

Chorshanba kuni AQSh Moliya vazirligi ham (AQShda hali seshanba kuni edi) Shahed kompaniyasiga, to‘g‘rirog‘i, uning tadqiqot markaziga, shuningdek, AQShning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonda ishtirok etgan yana ikki firma va ikki shaxsga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!