AQSh va Janubiy Koreya harbiy mahsulotlarni ustuvor yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi

AQSh va Janubiy Koreya harbiy mahsulotlarni ustuvor yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi

AQSh va Koreya Respublikasi o‘rtasida harbiy sohaga oid resurslar va tovarlarni yetkazib berishda o‘zaro ustuvorlik to‘g‘risida majburiy bo‘lmagan shartnoma imzolandi.

Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Koreya Respublikasining Milliy mudofaani xarid qilish boshqarmasi (DAPA) va AQSh Mudofaa vazirligi o‘rtasida ta’minot xavfsizligi to‘g‘risidagi bitim (SOSA) imzolandi. “Janubiy Koreya harbiy resurslarni ustuvor asosda olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda, bu esa mamlakatimizda qurol-yarog‘ tizimlarini o‘z vaqtida joylashtirish va ekspluatasiya qilish imkonini beradi”, — dedi DAPA.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!