AQSh Ukrainaga berayotgan Abrams tanklarining qanday karomati bor?

AQSh Ukrainaga berayotgan Abrams tanklarining qanday karomati bor?

🔘Amerika armiyasidagi eng keng tarqalgan modifikasiyasi – 120 mm to‘p bilan jihozlangan M1A2.

🔘Tank ekipaji – 4 kishi, avtomatik o‘qlash tizimi yo‘q. Texnikaning afzalliklari orasida old tomon zirhlarning mustahkamligi qayd etiladi.

🔘Yana bir afzalligi – navigasiya va identifikasiya tizimi. Abrams’ning so‘nggi modifikasiyalari maksimal darajada elektronika, jumladan, termal tasvir kameralari bilan jihozlangan.

🔘Mashina 1500 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan, uning og‘irligi 60 tonnadan oshadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tank Ukrainadagi ko‘priklar va tuproq qatlami uchun juda og‘ir.

🔘Abrams bir nechta mojarolarni, jumladan Afg‘oniston va Iroqdagi urushni boshdan kechirgan. Iroqda u bir qator muammolarga duch kelgan.

🔘Iroqdan keyin u jiddiy o‘zgartirildi: tepasiga pulemyot uchun qalqon o‘rnatildi, dvigatel bo‘linmasi zaryadga qarshi panjara bilan himoyalandi va ekranlar qo‘shildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!