AQSh Taysonning otasiga viza bermadi

AQSh Taysonning otasiga viza bermadi
Professional boksning superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining otasi Jon Fyuriga AQShga kirish uchun viza taqdim etilmadi.
 

Gap shundaki, Jon Fyuri 2011 yilda bezoriligi uchun ozodlikdan mahrum qilingandi. O‘shanda u bir erkakning ko‘zini deyarli o‘yib olgan edi. Sud Jonning bu qilmishi uchun 11 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgandi. Lekin keyinchalik bu muddat 4 yilga tushirilgandi. AQSh aynan shu qilmishi uchun Jon Fyuriga viza bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri 1 dekabr kuni AQShning Los-Anjeles shahrida WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylderga qarshi ringga ko‘tariladi.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!