AQSh senatori ustidan sud jarayoni sanasi belgilandi

AQSh senatori ustidan sud jarayoni sanasi belgilandi

Korrupsiyada ayblanayotgan amerikalik senator Robert Menendez ustidan sud jarayoni 2024 yil 6 mayga belgilangan.

Bu haqda CNBC telekanali xabar bermoqda.

“Nyu-Jersi shtatidan poraxo‘rlik va korrupsiyada ayblangan senator Menendez va uning rafiqasi Nadin ustidan sud jarayoni 2024 yil 6 mayda boshlanadi”, — deyiladi nashrda.

22 sentyabr kuni Nyu-Jersi shtatidan senator bo‘lgan 69 yoshli demokrat Menendez korrupsiyada ayblandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!