AQSh sanksiyalari ortidan Moskvada dollar kursi 2 barobar oshdi

AQSh sanksiyalari ortidan Moskvada dollar kursi 2 barobar oshdi

Rossiyaning Moskva birjasi va Milliy kliring markazi AQSh sanksiyalari ostiga tushganidan so‘ng, ba’zi banklar dollar kursini keskin oshirib yubordi. Sanksiyalar e’lon qilinganidan keyin Moskva birjasi 13 iyundan boshlab dollar va yevro savdosini to‘xtatishini e’lon qilgan edi.

RBK xabariga ko‘ra, Moskva valyuta ayirboshlash shoxobchalarining ba’zilarida dollarning eng yuqori qiymati mahalliy vaqt bilan soat 19:15 holatiga ko‘ra 200 rublga ko‘tarilgan.

Shu bilan birga, Moskvadagi bir qator ayirboshlash shoxobchalarida yevro sotib olish kursi ham oshgan – 160 rublgacha.

Ayirboshlash shoxobchalaridagi valyuta kurslari kun davomida o‘zgarib turadi.

13 iyundan boshlab Moskva birjasi AQSh sanksiyalari tufayli dollar va yevrodagi savdolarni to‘xtatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!