AQSh samolyoti Filippin janubida qulab tushdi

Filippin janubida AQSh Mudofaa vazirligining shartnomaviy samolyoti halokatga uchradi.
Malumotlarga ko‘ra, camolyot razvedka missiyasini bajarayotgan edi. Bortdagi to‘rt kishi, jumladan, bir amerikalik harbiy halok bo‘ldi.
Beechcraft Super King Air B300 samolyoti Metrea mudofaa kompaniyasiga tegishli bo‘lib, AQSh va Filippin hamkorlik doirasida razvedka va kuzatuv missiyasini bajarayotgan edi.
Samolyot Filippinning Minandao orolidagi Ampatuan munisipaliteti hududida qulab tushdi.
AQSh Indo-Tinch okeani qo‘mondonligi bayonoti:
«Bu rejalashtirilgan oddiy operasiya paytida sodir bo‘lgan hodisa. Bortda bo‘lganlarning barchasi halok bo‘lganini tasdiqlaymiz.»
⚠️ Halok bo‘lganlar:
1 nafar AQSh harbiy xizmatchisi, 3 nafar mudofaa kompaniyasi xodimi.
Filippin rasmiylari halokat bo‘yicha tergovni maxfiylashtirdi.
Polisiya va harbiylar hodisa joyini o‘rab oldi, dalillar yo‘q qilinishi ehtimolini oldini olishga harakat qilmoqda.