AQSh Rossiya fuqarolari qo‘lga olingani haqida xabar berdi

AQSh Rossiya fuqarolari qo‘lga olingani haqida xabar berdi

AQSh Adliya vazirligi ikki nafar rossiyalik fuqaroning Argentinada hibsga olingani haqida bayonot berdi.

Anton Napolskiy va Valeriy Yermakov mualliflik huquqini buzish, firibgarlik va pul yuvishda ayblandi, deb xabar beradi “TASS”. Agar ular aybdor deb topilsa, ruslarni qanday jazo kutayotgani aytilmagan.

Ular Z-Library onlayn-kutubxonasini yaratishda hissa qo‘shgan, AQSh rasmiylariga ko‘ra, 2009 yildan beri kitoblarni elektron formatda noqonuniy joylashtirgan. Yillar davomida 11 millionga yaqin kitoblar pirat platformasiga joylashtirilgan, ularning aksariyati mualliflik huquqi bilan himoyalangan va lisenziyasiz tarqatilishi mumkin emas.

Rossiyaliklar 3 noyabr kuni Argentinaning Kordova shahrida qo‘lga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!