AQSh razvedkasi Rossiya, Xitoy, Kuba va Eronni mamlakatdagi prezidentlik va parlament saylovlariga aralashishga urinishda aybladi
AQSh razvedkasi Rossiya, Xitoy, Kuba va Eronni mamlakatdagi prezidentlik va parlament saylovlariga aralashishga urinishda aybladi. Milliy razvedka direktori idorasi rasmiysi bu davlatlar saylovlarga ta’sir o‘tkazish sa’y-harakatlarini kuchaytirganini va shuningdek, onlayn dezinformasiya barcha darajadagi saylovlarga tahdid solayotganini ta’kidladi.
Rossiya, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga yordam berish tarafdori bo‘lgan Kongress nomzodlarini qo‘llab-quvvatlashga putur etkazmoqchi va yana Donald Tramp nomzodini ilgari surmoqda.
Associated Press xabariga ko‘ra, Xitoy har ikki partiya nomzodlarini Pekin uchun muhim masalalar, masalan, Tayvanni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha pozisiyalari asosida nishonga olmoqda. Biroq Xitoy Tramp va Kamala Xarris o‘rtasidagi prezidentlik poygasiga aralashmadi.
Kuba hukumati orol bilan munosabatlarni yaxshilash, jumladan, sanksiyalarni yumshatishga yordam beradigan nomzodlarni ilgari surayotgani aytiladi.
Eron, o‘z navbatida, Trampning qayta saylanishiga qarshi, Qo‘shma Shtatlar bilan keskinlik kuchayganidan qo‘rqib, Xarrisni afzal ko‘radi.
To‘rtta davlat ham aralashish haqidagi ayblovlarni rad etdi.