AQSh Qodirovning oilasiga qarshi sanksiya joriy qildi

AQSh Qodirovning oilasiga qarshi sanksiya joriy qildi

RIA Novostining yozishicha, AQSh moliya vazirligi o‘z sayti orqali tarqatgan xabarga ko‘ra AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiya joriy qiladi, ro‘yxatga Qodirov va uning oilasi a’zolari ham kiritilgan.

Moliya vazirligi saytida e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Ukraina voqealari bilan bog‘liq sanksiya ro‘yxatiga Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov, uning qizi Ayshat, Karina va Tabarik Qodirovalar, rafiqasi Medni Qodirova, shuningdek, Fatima Xazuyeva va Aminad Axmadovalar (AQSh moliya vazirligi ularni ham Qodirovning “rafiqalari”, deb hisoblaydi) kiritilgan.

Ramzan Qodirovning o‘zi inson huquqlarini buzgani uchun 2017 yildan buyon AQSh sanksiyasiga kiritilgan, Bundan tashqari, Magnitsk qonuni bo‘yicha, Checheniston rahbari Kanada, Avstraliya, YEI, Yaponiya, Shveysariya va Buyuk Britaniyaning sanksiya ro‘yxatida hisoblanadi.

"Qodirov Vladimir Putin bilan aloqalari natijasida yirik mol-mulkka ega bo‘lgan", – deyiladi AQSh moliya vazirligi xabarida. Ta’kidlanishicha, uning BAAda uyi, xususiy zooparki va qimmat avtomobillari bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!