AQSh prognozi: Ukraina strategik muhim hududni qaytaradi

AQSh prognozi: Ukraina strategik muhim hududni qaytaradi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Ukrainaning bo‘lajak qarshi hujumi istiqbollarini yuqori baholadi. Bu haqda Sallivan yakshanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Bayden maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina kuchlarining harbiy harakatlari “strategik muhim hudud”ni qaytarishga olib keladi.

“Aniq qancha (hudud – tahr.), qayerda – bu ukrainaliklar ushbu qarshi hujumni boshlaganda voqealar rivojiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo biz ukrainaliklar bu qarshi hujumda muvaffaqiyat qozonishiga ishonamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Qarama-qarshi hujum tinchlik jarayonini tezlashtiradimi, degan savolga, Sullivan Ukrainadagi jang maydonidagi voqealar Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi kelajakdagi har qanday muzokaralarga "sezilarli ta’sir ko‘rsatishi"ni aytdi. “Prezident Zelenskiyning o‘zi bu urush oxir-oqibat diplomatiya yo‘li bilan yakunlanishini aytdi”, dedi AQSh prezidentining maslahatchisi.

Sallivan qarshi hujumga “imtihon” sifatida qaramaslikka chaqirib, Qo‘shma Shtatlar buni baholashni rejalashtirmayotganini va Vashingtonning harbiy yordami Ukraina Qurolli kuchlarining muvaffaqiyatiga bog‘liq emasligini ta’kidladi. "Biz Ukrainani muzokaralar stolida eng foydali mavqega ega bo‘lishi uchun jang maydonida imkon qadar ko‘proq muvaffaqiyatga erishishda qo‘llab-quvvatlash niyatidamiz", - deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!