AQSh Maxfiy Xizmatining tasavvurlarimizdek emasligi a’yon bo‘ldi

AQSh Maxfiy Xizmatining tasavvurlarimizdek emasligi a’yon bo‘ldi

14 iyul kuni sobiq prezident Donald Trampga uyushtirilgan suiqasd AQSh Maxfiy xizmati faoliyatidagi katta bo‘shliqlarni fosh qildi. Bu xizmatning yagona vazifasi Oq uyda o‘z muddatini tugatgandan so‘ng umrbod himoyaga ega bo‘lgan amaldagi va sobiq prezidentlarni himoya qilishdir.

Respublikachilar Pensilvaniya shtatidagi 20 yoshli tajribasiz yahudiy dinidagi qotil qanday qilib siyosiy miting chog‘ida Maxfiy xizmat xodimlaridan qochib, Trampga qarata o‘t ochishga muvaffaq bo‘lganini tekshirishga chaqirdi.

Prezident Jo Bayden ham mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi.

Respublikachilar nazoratidagi AQSh Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning aytishicha, Vakillar palatasi tinglovga Maxfiy xizmat, Ichki xavfsizlik departamenti va FQB xodimlarini chaqiradi.

«Amerika xalqi haqiqatni bilishga loyiqdir», dedi Jonson.

Maxfiy xizmat direktori Kimberli Cheatl 22 iyul kuni Kongress oldida guvohlik beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!