AQSh maktablarining birida otishma: 6 kishi halok bo‘ldi

AQSh maktablarining birida otishma: 6 kishi halok bo‘ldi

AQSh Tennessi shtatining Neshvill shahrida xususiy boshlang‘ich xristian maktabiga qurolli hujum uyushtirildi. Oqibatda kamida uch bola va uch katta inson halok bo‘ldi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Shahar polisiya boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda qurol ishlatilgani va otishma sodir etganlikda gumon qilingan shaxs o‘ldirilganini ma’lum qildi. CNN nashrining ta’kidlashicha, bu o‘smir qiz bo‘lib, unda kamida ikkita miltiq va bitta to‘pponcha bo‘lgan. U maktab binosi ichida polisiya tomonidan otib tashlangan.

Shahar o‘t o‘chirish boshqarmasi 200 ga yaqin bola ta’lim oladigan maktabda ko‘plab jarohatlanganlar borligini ma’lum qilmoqda.

Maktabga uyushtirilgan hujum sabablari ma’lum emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!