AQSh Isroilga o‘z talablarini qo‘yishi mumkin

AQSh Isroilga o‘z talablarini qo‘yishi mumkin

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Isroilga harbiy yordam o‘tkazish bo‘yicha talablar qo‘yish imkoniyatini istisno etmaydi.

Shu tariqa u Amerika prezidenti Jo Baydenning tegishli tashabbusni “yaxshi g‘oya” deb atagan so‘zlariga izoh berdi, deb yozadi “TASS”.

“So‘rashganda, u bu fikrni tan oldi. Ammo shundan so‘ng u o‘zi qo‘ygan yondashuv o‘z samarasini berayotganini aytdi", - deya javob berdi Sallivan CBC telekanalida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQShning bugungi kungacha yondashuvi “yuqori darajadagi diplomatiya”dan biri bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!