AQSh Hind-Tinch okeani mintaqasida quruqlikdagi raketalarni joylashtirishni rejalashtirmoqda

AQSh Hind-Tinch okeani mintaqasida quruqlikdagi raketalarni joylashtirishni rejalashtirmoqda

AQSh harbiylari 2024 yilda Xitoy ta’sirini to‘xtatish uchun Hind-Tinch okeani mintaqasida quruqlikka asoslangan o‘rta masofali raketalarni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh armiyasining Tinch okeani bo‘yicha vakili Rob Fillips Nikkei Asia nashriga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“AQSh harbiylari sovuq urush tugagandan so‘ng mintaqada Xitoyni ushlab turishni kuchaytirish uchun mintaqada birinchi arsenalini yaratish orqali, 2024 yilda Hind-Tinch okeaniga quruqlikdagi o‘rta masofali raketalarni joylashtirishni rejalashtirmoqda”, — deb yozadi nashr.

Fillipsning so‘zlariga ko‘ra, Standard-6 (SM-6) raketasi va Tomahawk qanotli raketasining yerga asoslangan versiyasini joylashtirish variantlari ko‘rib chiqilmoqda.

Armiya vakili, Amerika raketalari aynan qayerda va qachon joylashtirilishi mumkinligi haqida ma’lumot bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!