AQSh havo kuchlari gipertovushli qurollarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi

AQSh havo kuchlari gipertovushli qurollarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi

AQSh Harbiy-havo kuchlari ARRW (Air-Launched Rapid Response Weapon) dasturi doirasida gipertovushli qurol prototipi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini e’lon qildi.
Bu haqda Harbiy havo kuchlarining yozma bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, B-52 bombardimonchi AGM-183A raketasini muvaffaqiyatli uchirdi.

Avvalroq Pentagon 2023 yilning mart oyida orbitaga gipertovushli va ballistik raketalarni kuzatish uchun mo‘ljallangan ikkita prototipli sun’iy yo‘ldoshni chiqarish rejalari haqida ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!