AQSh harbiy yordamni to‘xtatsa, Kiyev qanday yo‘l tutadi?

AQSh harbiy yordamni to‘xtatsa, Kiyev qanday yo‘l tutadi?

AQSh harbiy yordamni to‘xtatgan taqdirda nima qilish bo‘yicha Ukraina rasmiylarida alohida reja yo‘q, dedi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov PBS telekanaliga bergan intervyusida.

“Biz qandaydir B reja bo‘yicha alohida muhokamalar olib boryapmiz, deb aytolmaymiz. Mavhum muhokamalarda qatnashish istagimiz yo‘q”, — dedi u.

Jurnalist Danilovdan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning amerikalik kongressmenlar bilan yopiq uchrashuvda “Agar bizga yordam bo‘lmasa, urushda mag‘lub bo‘lamiz” deb aytgan so‘zlariga izoh so‘radi.

Danilov halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar haqidagi kundalik hisobotlarni ko‘rish Zelenskiy uchun og‘irligini tushuntirdi; Kiyev yordamga umid qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!