AQSh Davlat departamenti: Blinken Kuleba bilan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni muhokama qildi

AQSh Davlat departamenti: Blinken Kuleba bilan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni muhokama qildi

Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Praysning aytishicha, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba telefon orqali Vashingtonning Kiyevga harbiy yordamini muhokama qilgan.

“TASS”ning yozishicha, ular Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operasiyasi sharoitida mudofaa va iqtisodiy hamkorlik sohasidagi hamkorlikni davom ettirishni muhokama qilgan.

“Kotib Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ukrainani kuchli qo‘llab-quvvatlashini, jumladan, yaqinda Ukrainaga o‘zini himoya qilishda yordam berish uchun qo‘shimcha xavfsizlik yordami taqdim etilishini ta’kidladi”, deyiladi materialda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!