Amerika Qo‘shma Shtatlarining global media Agentligi (USAGM) Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi (AOKA) direktori Komil Allamjonovning «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi o‘zbek xizmati – «Ozodlik» radiosi tomonidan jurnalistik etika qoidalarini buzganliklari to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berdi.
USAGM – Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatining mustaqil agentligi bo‘lib, uning tarkibiga «Amerika ovozi», «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi (RFE/RL) va boshqa radioeshittirish tuzilmalari kiradi.
Amerika agentligining bosh ijrochi direktori Jon Lensingning ta’kidlashicha, USAGM jurnalistik etika qoidalari buzilishiga oid barcha bayonotlarga jiddiy yondashadi hamda «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosining biror xizmati yoki jurnalistining noto‘g‘ri talqinlariga yo‘l qo‘ymaydi va oqlamaydi. Agentlik rahbari «xolislik va beg‘arazlikning eng yuqori standartlariga rioya qilish muhimligini» ta’kidladi, chunki ular, Jon Lensingning qayd qilishicha, AQSh global media agentligi ham amal qiladigan «asosiy tamoyillardir».
«RFE/RL»ning qayta tayinlangan prezidenti va bosh ijrochi direktori Jeymi Flay «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi o‘zbek xizmati faoliyati bilan bog‘liq tashvishlar yetkazilgani uchun minnatdorchilik bildirdi va keltirilgan faktlarni batafsil o‘rganishini ta’kidladi.
Avvalroq, AOKA direktori «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi o‘zbek xizmatining ish uslubiga nisbatan o‘z xavotirini bildirgan va ushbu radioeshittirishlar tashkilotining O‘zbekiston bilan bog‘liq faoliyatida noxolislik va noprofessionallik mavjudligini qayd etgan edi. Shuningdek, Agentlik direktori «Ozodlik» radiosi tomonidan aldamchilik bilan axborot yig‘ish, audioyozuvlarni soxtalashtirish va «soxta akkaunt»lardan asossiz ma’lumotlarni tarqatish uchun foydalanish holatlarini aytib o‘tgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.