AQSh Afrikaga 150 million dollar ajratdi

AQSh Afrikaga 150 million dollar ajratdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Nigerga tashrifi chog‘ida Afrikaning Sahel mintaqasi uchun yangi gumanitar yordam sifatida 150 million dollar ajratilishini e’lon qildi. Bu haqda “The East African” nashri xabar berdi.

“Qo‘shma Shtatlar Niger va butun Saheldagi zaif aholini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million dollarga yaqin gumanitar yordam ko‘rsatishdan faxrlanadi”, deydi Entoni Blinken.

Mablag‘lar dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biri bo‘lgan Niger va oziq-ovqat inqirozi hamda qurolli to‘qnashuvlardan zarar ko‘rgan boshqa Sahel davlatlariga yo‘naltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!