Anton Siluanov ruslarga dollar kerak emasligini aytdi
Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov fuqarolarga dollar kerak emasligi, ularga rubl ishlatgan ma’qulroqligini aytdi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.
Siluanov jamg‘armalarni federal kredit obligasiyalarida saqlashni va uzoq muddatli jamg‘arma dasturiga qo‘shilishni maslahat berdi.
Federal kredit obligasiyalarini sotib oling. Bu ishonchli, foydali va daromadli sarmoya. Mana, nimaga e’tibor qaratish kerak. Shuning uchun, agar biror tiyiningiz bo‘lsa, moliya bozoriga kiriting, afsuslanmaysiz, dedi u.
Siluanov Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng, dollar va yevro mamlakat uchun «zaharli qog‘oz»ga aylanganini aytdi. Shuningdek, u «nazoratdan tashqari emissiya» tufayli dollar barqaror valyuta bo‘la olmasligini ta’kidladi.
Muammo shundaki, ular bu pullarni o‘zlari chop etadi, ularni sotib oladi, Amerika Qo‘shma Shtatlari obligasiyalarini xarid qiladilar, chunki ular hamon dollar ishonchli va barqaror valyuta degan tushunchada yashaydi, dedi vazir.