Anqara terakti parlament ishiga ta’sir qilmadi

Anqara terakti parlament ishiga ta’sir qilmadi

Kecha Anqara markazida, Turkiya Ichki ishlar vazirligi va parlamenti binolari yaqinida portlash sodir kuzatildi. Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qilishicha, hujumda ikki terrorchi qatnashgan. Bu haqda “TASS” agentligi xabar berdi.

1 oktyabr kuni parlament yozgi ta’tildan keyin ish boshlashi kerak edi.

Prezident maslahatchisi Akif Chag‘atoy Qilich voqeaga qaramay, parlament rejadagidek kuzgi ishini boshlaganini bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ikki kishi soat 10.30 atrofida o‘g‘irlangan avtomobilda IIV binosi yoniga keladi. Ulardan biri inshootni qo‘riqlash joyida portlash amalga oshiradi.

Shundan keyin otishma boshlanib, ikkinchi terrorchi otib o‘ldirilgan. Polisiyaning ikki xodimi yengil jarohatlangan.
IIV bayonotida terrorchi Kurdiston ishchi partiyasi a’zosi ekani aytilgan.

Erlikaya voqeani terakt, deb atadi.

Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jassim Muhammad Al-Budayviy birinchilardan bo‘lib, teraktni qoralab chiqdi.

Hodisa munosabati bilan Quvayt valiahdi Mashal Al-Ahmad as-Saboh va Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri Ahmad Navof Al-Ahmad as-Saboh Turkiya Prezidentiga telegramma jo‘natgan.

Shuningdek, AQSH, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Jazoir, Iordaniya, Misr va boshqa davlatlar ham ushbu terror harakatini qoralab bayonot berishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!