Annalena Berbok BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiyaga murojaat qildi

Annalena Berbok BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiyaga murojaat qildi

Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Annalena Berbok BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiyaga murojaat qildi

"Rossiyaga qat’iy murojaat qilaman: siz bu urushda g‘alaba qozonolmaysiz, shuning uchun urushni to‘xtating. Azob chekishni bas qiling. Fuqarolaringizni o‘limga yuborishni bas qiling. O‘ylab topgan referendumlaringizni to‘xtating. Referendumlaringiz ham xuddi bu urush kabi noqonuniy.

Agar biz BMT a’zosiga bunday urush boshlashga ruxsat bergan bo‘lsak, bu BMT uchun nimani anglatadi? Agar nizom biz uchun biror narsani anglatsa, biz befarq qolmasligimiz kerak. Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik Kengashidagi veto huquqini suiiste’mol qilmoqda".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!