Anjelina Jolining qanday qilib Bred Pittning “boshini aylantirgani” ma’lum bo‘ldi

Anjelina Jolining qanday qilib Bred Pittning “boshini aylantirgani” ma’lum bo‘ldi

Mirror nashrining yozishicha, 2005 yilda Gollivud aktrisasi Anjelina Jolining qanday qilib aktyor Bred Pittni sobiq rafiqasi Jennifer Enistondan o‘g‘irlagani ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu “Janob Smit va Smit xonim”ning filmini suratga olish paytida ro‘y bergan.

Anjelinaning sobiq tansoqchisi Mark Bexarning aytishicha, Joli va Pitt ko‘p vaqtlarini birga o‘tkazishgan. Mark esa ularga xat almashishga yordam bergan.

"Anjelina va Bred doimo bir-birlariga jilmayib turishardi, bir-birlarini yaxshi ko‘radigan ikki maktab o‘quvchilari kabi harakat qilishardi va bu juda yoqimli edi. Men ularni bir necha bor birga ko‘rganman va turmush qurganliklaridan so‘ng hecham ajablanmaganman", - deydi Bexar.

Ammo boshqa manbalarning aytishicha, Joli ochiqchasiga Pittning boshini aylantirgan.

Bu holat suratga olish maydonchasida yaqqol ko‘zga tashlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!