Andijondagi "zapravka"da navbatda turgan fuqarolar IIBga majburlab olib ketildi. Nega? (VIDEO)

Andijondagi "zapravka"da navbatda turgan fuqarolar IIBga majburlab olib ketildi. Nega? (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari xodimi fuqaroga kuch ishlatayotgani tasvirlangan videolavha tarqalmoqda.

Ma’lum qilamizki, joriy yilning 19 yanvarida kunning qorong‘i vaqtida Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan “EVRO METAN” avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida navbatda turgan haydovchilar o‘zaro navbat talashib janjallashib, jamoat tartibini buzganlar.

Shu yerga jamoat tartibini saqlash va tartibbuzarlikni oldini olish maqsadida biriktirilgan Andijon viloyati IIB Patrul-post xizmati xodimi safdor R.Mirzayev janjalni bartaraf etish maqsadida fuqarolarni tinchlantirishga harakat qilayotgan vaqtida, janjal sababchilari Asaka tumanida yashovchilar 2004 y.t. O.R. va uning akasi 1997 y.t. O.J.lar xodimga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatib, uning qonuniy talablariga bo‘ysunmay faol qarshilik ko‘rsatganlar.

Hodisa joyida jamoat tartibi tiklanib, tartibbuzarlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgan holda tuman IIBga olib kelinganlar, ular bilan tegishli tartibda profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Holat yuzasidan voqea ishtirokchilarining, shu jumladan Ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!