Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Bu haqda Andijon viloyati FVB xabar berdi.
"Bugun, 30 yanvar kuni soat 14:55 larda Andijon viloyati Andijon shahar 1-kichik dahada joylashgan 4 qavatli uyning 24 uy 50 xonadonida gaz-havo aralashmasining chaqnash sodir bo‘lgan. Chaqnash oqibatida fuqarolarni tan jarohatini olish holatlari qayd etilmadi.
Voqea joyiga zudlik bilan shahar FV bo‘limi xodimlari va 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari, Prokuratura, IIB, SSB, hamda “Hududgazta’minoti” hodimlari chiqishgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)