Andijondagi g‘alladan bo‘shagan yer maydonida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi g‘alladan bo‘shagan yer maydonida yong‘in sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati, Bo‘ston tumanida o‘rilgan bug‘doyzor o‘rni yonayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat FVB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, tarmoqlarda tarqalgan video Izboskan tumani hududida joylashgan “Nurullo saxovati” chorvachilik fermer xo‘jaligi bo‘lib, 8 gektarlik g‘alladan bo‘shagan yer maydoni ekanligi aniqlangan.

Hodisa oqibatida g‘alla hosilidan o‘rib olingan yer maydonining 1 gektari yongan. Hozirda hodisaga sababchi shaxslar aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!