Xitoy xalq respublikasi fuqarolari Xuang Lianjun hamda Shu Juanjunlarning Baliqchi tumanida tug‘ilgan farzandi Xuang Xiaoboning tug‘ilganlik haqidagi guvoxnomalar topshirildi.
2021 yil 27 mart kuni Baliqchi tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga xitoylik fuqarolar Xuang Lianjun hamda Shu Juanjunlar 2020 yilning 2 dekabr kuni Baliqchi tuman tug‘ruq kompleksida dunyoga kelgan farzandiga tug‘ilganligini qayd etishda amaliy yordam so‘rab, murojaat qilgan.
Ularning murojaati tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, bolalarning haqiqatan ham Baliqchi tumanida tug‘ilganligi tasdiqlangach, Baliqchi tuman FHDYo bo‘limi tomonidan dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan.
Kuni kecha ushbu xorijlik fuqarolarning Xuang Xiaobo ismli o‘g‘liga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma tantanali ravishda topshirilgan.
-O‘zbekiston mening ikkinchi Vatanim desam yanglishmayman, deydi Xuang Lianjun. - Boisi ushbu jannatmonand diyorda o‘n yildan buyon yashab kelayapman. Ayni paytda chinni buyumlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi "Mig farfor" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari sifatida faoliyat yuritmoqdaman. 2020 yil oilamiz uchun quvonchli voqealarga boy bo‘ldi. Boisi o‘tgan yilda korxonamiz faoliyatini kengaytirish maqsadida 1 million AQSh dollari miqdorida investisiya kiritib, yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvatini 7 milliard so‘mga yetkazdik. Shu bilan birga 150 nafardan ortiq fuqaroni ish bilan ta’minlashga erishdik. Bundan tashqari yil oxirida o‘g‘il farzandli bo‘ldik. Unga Xuang Xiaobo deb ism qo‘ydik. O‘zbekchasiga o‘g‘limizni “Temurbek” deb chaqirayapmiz. Oradan 4 oyga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsada bugun o‘g‘limizning tug‘ilganligi qayd etilganidan xursandmiz. Murojaatimizni qaytarmasdan ishimizni oson hal qilib berishda o‘zini xizmatlarini ayamagan FHDYo xodimlariga o‘z minnatdorligimni bildiraman. O‘zbekistonni yaxshi ko‘raman.
Qayd etish lozim, joriy yilning 1 apreliga qadar shahar va tuman FHDYo bo‘limlari tomonidan 10 ga yaqin xorijlik fuqarolarning Andijon viloyatida tug‘ilganligi qayd etilgan.
Umidjon MAMARASULOV, DXA Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmati xodimi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.