Andijonda talabaning "telegram"dagi tanishuvi jinoyat bilan yakunlandi

Andijonda talabaning "telegram"dagi tanishuvi jinoyat bilan yakunlandi

Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalaridan birida 1 kursda o‘qiydigan talaba qiz, 2003 y.t. P.M., IIBga murojaat qilib, “Telegram” messenjerida “PANDA” nomli profil foydalanuvchisi bilan tanishib, u bilan yaqin munosabatda gaplashgandan so‘ng, unga tegishli, sir saqlanishi lozim bo‘lgan fotosuratlarini profil foydalanuvchisi qo‘lga kiritib, ushbu ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish va yaqinlariga yuborib, sharmanda qilishini aytib, tarqatmaslik evaziga 1.150.000 so‘m pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, “PANDA” profili foydalanuvchisi Andijon shahrida yashovchi 28 yoshli M.A., ekanligi aniqlanib, u P.M.ni qo‘rqitib, undan kimyoviy ishlov berilgan 1.150.000 so‘m pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

M.A.ga nisbatan O‘zR JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, M.A. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.



Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!