Andijonda "mushtumzo‘r" o‘quvchi qiz boshqa bir qizni kaltakladi (video)

Andijonda "mushtumzo‘r" o‘quvchi qiz boshqa bir qizni kaltakladi (video)

Bosh prokuratadan ma’lum qilishlaricha, videodagi voqea 6 may kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 41-maktabda yuz bergan. Markaz mahallasida yashovchi 16 yoshli 10-sinf o‘quvchisi J.G. sinfdoshi va tengdoshi YA.M. bilan o‘zaro janjallashib (videodan xulosa qilinsa, mushtumzo‘r qiz o‘zi haqida qandaydir yomon gap tarqalganidan norozi), uni haqorat qilgan, bir necha marotaba urib, oyog‘i bilan tepgan.

Daryo ning telegramdagi kanalining xabar berishicha, mazkur holat maktabning 10-sinf o‘quvchisi O‘.M. tomonidan videoga olinib, 9 may kuni Telegramda tarqatib yuborilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda , deyiladi Bosh prokuraturaning Daryo ga taqdim etilgan axborotida.

10-sinf o‘quvchisi O‘.M bu videoni YA.M.ni go‘yoki sharmanda qilish uchun tarqatgan, lekin tarqatmaganida 41-maktabdagi zo‘ravon qiz va sal kalta o‘ylab qo‘ygan bu bolaga chora ko‘rilmagan, to‘g‘ri tushuntirish berilmagan bo‘lardi. Zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!