Andijonda masjidlardan ortiqcha to‘lov olinganligi aniqlandi

Andijonda masjidlardan ortiqcha to‘lov olinganligi aniqlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Qo‘mitaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi «Andijon HETK» AJ tomonidan viloyatdagi masjidlarga 2019-2021 yillarda elektr energiyasi uchun belgilangan tariflar noto‘g‘ri qo‘llanilganini aniqladi.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi “Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlari va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 364-son qarori va 2003 yil 10 sentyabrdagi 525-F-sonli Farmoyishida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi diniy tashkilotlarga 2003 yilning 1 sentyabridan boshlab ularga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar (tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, telefon, oqova suv va maishiy chiqindilarni tashish)ga to‘lovlarni aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lanishi qayd etilgan.

Shunga qaramay, o‘rganish davomida “Andijon HETK” AJ tomonidan 2019-2021 yillarda viloyatdagi 44 ta diniy tashkilotlarga, shu jumladan masjidlarga aholi uchun belgilangan narx (295 so‘m) qo‘llanilmay, ulgurji iste’molchilar uchun belgilangan narx (450 so‘m) qo‘llanilgani aniqlangan. Buning natijasida masjidlardan jami 74 378,9 ming so‘m ortiqcha daromad olinganligi aniqlangan.

Bugungi kunda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Andijon HETK” AJning noto‘g‘ri hisoblagan 74 378,9 ming so‘m mablag‘lar masjidlarga qayta hisob-kitob qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunday holatlarni oldini olish maqsadida bugungi kunda Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari tomonidan o‘z hududlarida o‘rganishlar olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!