Andijonda “Kamaz” urib ketgan velosipedchi voqea joyida vafot etdi

Andijonda “Kamaz” urib ketgan velosipedchi voqea joyida vafot etdi

Joriy yilning 13 may kuni soat 08:10 larda, Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Barlos MFY, Bozorxidirsha ko‘chasi hududidan o‘tgan 4R137 “Xo‘jaobod-Buloqboshi” avtomobil yo‘lining 11-km.da haydovchi 1986 y.t. M.SH. “Kamaz 5511” rusumli yuk transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘l qatnov qismining belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan velosiped haydovchisini urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, velosiped haydovchisi 1990 y.t. R.X. (erkak) olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida YTH joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Buloqboshi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!