Andijonda choyxona yonib ketdi

Andijonda choyxona yonib ketdi

Bugun, 21 yanvar kuni soat 14:41 da Andijon viloyati Andijon tumani Qo‘shariq dahasida joylashgan choyxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:47 da qurshab olingan va soat 15:00 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida choyxonaning taxminan 70 kv.m maydonda tomi, shifti va jihozlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!