Andijon voqealariga 15 yil: Vodiyni titratgan tun haqiqatlari

A A A
Andijon voqealariga 15 yil: Vodiyni titratgan tun haqiqatlari

Mustaqil O‘zbekiston tarixida yirik davlat to‘ntarishiga urinish – terakt deya baholangan Andijon voqealari sodir etilganiga bugun, 13 may kuni 15 yil to‘ldi. Shu bois voqealar xronologiyasi nazar tashlashni ma’qul topdik. 

Azaldan oltin vodiy nomi bilan mashhur bo‘lgan Farg‘ona vodiysi qadimiy Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida, Markaziy Osiyoning qoq o‘rtasida joylashgan. Oltin vodiy deyilishiga sabab bu mintaqaning nafaqat yer usti va yer osti boyliklari bilan to‘lib toshgani, balki bu yerda o‘ta tinchlikparvar va bag‘rikeng odamlar, bir so‘z bilan aytganda, oltin qalb egalari yashashi bilan ham bog‘liq.

Asosiy qismi O‘zbekiston hududida joylashgan oltin vodiy hamisha dunyoning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Bu mintaqaga e’tibor qaratganlar orasida esa katta geostrategik va siyosiy maqsad-manfaatlar ilinjida yurganlar ham bor. Ayrim katta davlatlarning Markaziy Osiyoni o‘ziga qaram qilish yo‘lidagi intilishlari eng avvalo ushbu mintaqaning eng asosiy davlati bo‘lgan O‘zbekistonni tizginlab olishga qaratilgan. Shuning uchun ham 2005 yilning may oyi o‘rtalarida Farg‘ona vodiysining yuragi sanalgan Andijon shahrida tashqi kuchlarning rejissyorligi ostida Markaziy Osiyodagi eng kuchli qonuniy konstitusion tizimni ag‘darishga qaratilgan harakatlar teatri boshlandi. 

Andijon voqealariga 15 yil: Vodiyni titratgan tun haqiqatlari

2005 yilning 12 maydan 13 mayga o‘tar kechasi. Soat 01:45 da O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatov mamlakat oliy bosh qo‘mondoni, Prezident Islom Karimovga telefon qilib, Andijon shahrida terrorchilik harakatlari sodir etilayotgani haqida xabar beradi. Xususan, bir guruh jinoyatchilar Andijon shahridagi soqchi-patrul xizmati, harbiy qism hamda qamoqxona hududiga hujum qilganini, ayni paytda ular shahar bo‘ylab qator terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotganini ma’lum qiladi. 

13 may, ertalab soat 07:00. Prezident Islom Karimov o‘tirgan samolyot Toshkentdan Andijonga uchib ketadi. 

Soat 07:30. Andijonga yetib kelgan Prezident Karimov zudlik bilan shtab tuzadi. Shtab oldiga mavjud vaziyatni aniqlab, uni tinch yo‘l bilan bartaraf etish, garovdagilarni ozod qilish, andijonliklar osoyishtaligini saqlash, xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yiladi. 

Keyin Andijon shahar faollari, mahalla oqsaqollari va kayvoni ayollardan iborat jamoatchilik vakillari ham shtabga taklif etildi. 14 may kuni Islom Karimov rahbarligida shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

“Avvalambor, sizlar bilan maslahat qilib chora-tadbirlarni ko‘zda tutib, undan keyin shu chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishishni ma’qul topdim. Juda katta urg‘u berib shuni aytmoqchiman: shaharda kim yashaydi? Shaharda xalq yashaydi, aholi yashaydi. Shu aholining orzu-niyatlari, kayfiyatini, bo‘lgan voqealarga ularning munosabatini bilmasdan turib, qanday chora-tadbirlar ko‘rishimiz mumkin? Minglab harbiylar, minglab askarlarni olib kelsang ham, ular hech narsa qilolmaydi, agarki, Andijon zaminida yashaydigan odamlar, aholi, kayvonilar, mahalla oqsaqollari, qariyalar, faxriylarning fikrini bilmasak. Ular bunday xunuk va noxush voqealarga qanday qarayapti, kayfiyati qanday, munosabati qanday? Shunga suyanib, shunga tayanib keyin chora-tadbirlarni ko‘ramiz”, degan edi marhum Islom Karimov. 

O‘zbekiston Hukumati biror qaror qabul qilishdan avval uni jamoatchilik vakillari bilan maslahatlashishni ma’qul topgan bo‘lsa, terrorchilarning harakatida buning aksi kuzatildi. Ular barcha ishni avval boshdanoq terrordan, portlatish va yondirishdan, odam o‘ldirish va xalq yuragiga vahima solishdan boshladi. 

Andijon voqealariga 15 yil: Vodiyni titratgan tun haqiqatlari

Andijondagi voqealarni boshlab bergan terrorchilar dastlab 12 may kuni 23:45 da Andijon shahridagi soqchi-patrul xizmati hududiga hujum qilishdi. Soqchilik qilayotgan to‘rt nafar ichki ishlar xodimini o‘ldirib, qurol-yaroq omborini buzishdi va o‘nlab avtomatlar, to‘pponcha, granata va boshqa qurollarni qo‘lga kiritishdi. 

Oradan bir soat o‘tgach, qurollarni ko‘paytirib, saflarini kengaytirib olgan jinoyatchilar to‘dasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 34-harbiy qism hududida paydo bo‘ladi. Bu yerda ham jinoyatchilar tomonidan 4-5 soqchi o‘ldirilib, ko‘plab qurol-yaroqlar o‘g‘rilanadi. 

Shundan so‘ng, jinoiy to‘da tezkorlik bilan ZIL-130 yuk avtomobili va bir qator yengil avtomobillarda tergov izolyatori, ya’ni Andijon shahrida joylashgan qamoqxona tomon yo‘l oladilar. Qamoqxona eshigini ZIL avtomobili yordamida buzib, ichkariga kiradilar va 600 ga yaqin mahbuslarni, shu jumladan 23 nafar “Akromiylar” va shu qamoqxonada saqlanayotgan o‘ta xavfli residivistlarni chiqarib yuborishadi.  

“Eshiklar buzilib, taqillayotgani eshitildi. Qiy-chuvlar boshlanib ketdi, odamlarning ovozi eshitilyapti. Kameralarning eshigini ham buza boshlashdi. Bizni kamerani eshigini rus millatiga mansub bo‘lgan, yoshi 30 lar atrofidagi yigit buzib ochdi. Qurollangan ikki yigit “hamma tashqariga chiqsin, hamma ozod” deb bizni tashqariga chiqishimizni buyurdi. “Chiqmaganlarni otib tashlaysan, hech kim qolmasin bu yerda”, dedi biri ikkinchisiga. Ko‘chaga chiqsak odam to‘lib yotibdi. Kim qayerga borishni, nima qilishni bilmaydi. “Darvoza tomonga qarab yuringlar” ber buyruq berishdi. Darvoza yoniga chiqqanimizda u qulab yotgan edi. Yonida esa ikki milisiya xodimi o‘lib yotardi. Hama joy qon, o‘tib bo‘lmasdi. Bizni hokimiyat tarafga olib borishdi. Qurollangan yigitlar o‘sha yerni o‘rab oldi. Biz ketamiz, dedik. Hech kim ketmaydi, hamma shu yerda qoladi deyishdi. O‘sha mahal daraxtning panasiga o‘tib, qamoqxona kiyimlarini yechdik va kelgan yo‘limizga qarab qochdik”, deydi mahbus Bahodir Qurbonov. 

Andijon voqealariga 15 yil: Vodiyni titratgan tun haqiqatlari

“Bizga hokimiyat tomonga borasan, deb aytishdi. Yo‘lda ketayotganimizda yonimizda yana avtomatli yigitlar paydo bo‘ldi. Keyin bildimki, hokimiyatgacha koridor qilingan. 50 metr yurganimizdan keyin qamoqxona tarafdan avtomat ovozlar eshitildi. O‘sha vaqt yonimdagi qurolli yigit ortiga o‘girilib, telefonida gaplashdi. Men esa o‘zimdan yosh yana ikkita mahbusni olib, Andijon go‘sht kombinati yonidagi korxonaga kirib, qorovulini uyg‘otdik va soat 04:00 gacha o‘sha yerda yashirinib o‘tirdik. O‘shanda men bir narsaga ahamiyat berdim. Ularning turishlaridan, avtomat tutishlaridan tayyorgarlik ko‘rgani sezilardi. Ularning koridor qilishlari, har 10 metrda qurol bilan turishlari avvaldan reja tuzgani va mashq qilganini ko‘rsatdi”, deydi yana bir mahbus Adham Tojiboyev. 

E’tibor bering, jinoyatchilar to‘dasining juda yaxshi harbiy tayyorgarlik ko‘rgan yigitlar ekanini, hatto, mahbuslar ham bir qarashdayoq anglagan. Ularning o‘ta aniqlik va tezkorlik bilan amalga oshirgan birinchi harakatlari esa Andijon voqealari oldindan puxta o‘ylangan reja asosida sodir etilganini va bu harakatlarni mutlaqo tinch namoyishlar sirasiga qo‘shib bo‘lmasligini ko‘rsatib turibdi. Lekin o‘sha kunlari xalqaro ommaviy axborot vositalarida bu voqealar ochiq va to‘g‘ri bayon etilmadi. Hatto, ayrim jurnalistlar mavjud holatni noto‘g‘ri talqin qildilar. Ular terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan bosqinchilik, vayronkorlik ishlaridan ko‘z yumgan holda avtomat va to‘pponchalar, portlovchi va yondiruvchi moslamalar bilan qurollangan jinoiy guruhni tinch namoyishchilar deb isbotlashga urindi. 

Andijon voqealarini sodir etganlar o‘sha kuni o‘z xatti-harakatlarini 23 nafar “Akromiylar”ni nohaq qamashgani uchun bosh ko‘tardik, deb baholashga urinadi. Vaholanki, “Akromiylik” deb atalish diniy-ekstremistik oqim a’zolari bo‘lgan o‘sha 23 nafar shaxs ustidan olib borilayotgan sud hali o‘z ishini yakunlamagan, ularga nisbatan qanday chora qo‘llanilishini hali hech kim bilmas edi. 

Andijon voqealariga 15 yil: Vodiyni titratgan tun haqiqatlari

Buning ustiga Andijon voqealarini sodir etganlar “Akromiylar”ni qamoqdan qochirish bilan cheklanib qolmadilar. Endi ular bir yo‘la 3 ob’ektga – Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi va viloyat hokimligi binolariga hujum qildilar. Maqsad – mavjud konstitusion tuzumni ag‘darib, o‘z hokimiyatini o‘rnatish edi. Ular viloyat hokimligi binosini ishg‘ol qildilar-u lekin har qancha urinishmasin, Ichki ishlar hamda Milliy xavfsizlik xizmati boshqarmalari binolarini egallay olmadilar. 

Ichki ishlar hamda Milliy xavfsizlik xizmati boshqarmalari binolarida niyatiga yetolmagan alamzada terrorchilar shahar bo‘ylab vahshiylik va vayronkorlik harakatlarini amalga oshira boshladi. Yo‘rig‘iga yurmagan odamlarni urdilar, avtomobillarni yoqdilar. Shahardagi teatr binosi, Abbos Bakirov nomli kinoteatrga o‘t qo‘yildi. 

Andijon voqealariga 15 yil: Vodiyni titratgan tun haqiqatlari

Terrorchilar viloyat hokimligi binosini to‘liq ishg‘ol qilgach, eng avvalo o‘z yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilib, ularni hokimlik oldiga to‘play boshladilar. Asosan ayollar va bolalardan iborat bo‘lgan qarindoshlar hokimlik ichkarisidagi terrorchilar uchun jonli devor bo‘lib xizmat qilishlari ko‘zda tutilgan edi. Bu yerga olib keladigan yo‘llarga esa odamlardan tortib olingan mashinalarni terib, yoqib yuborishdi. 

“Bizdagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ular Qirg‘izistonning O‘sh, Jalolobod viloyatlariga va hatto Afg‘onistonga qo‘ng‘iroq qilgan. Ya’ni ular o‘z homiylariga, ushbu ishlarni tashkil qilgan, yordam va ko‘mak bergan xo‘jayinlariga telefon qilib, axborot beradi: mana shunday ishlar bo‘ldi, biz g‘alaba qozondik... Bu qo‘ng‘iroqlarni bizning odamlarimiz eshitgan va yozib olgan”, degan edi o‘sha vaqtdagi matbuot anjumanida Islom Karimov. 

Hokimlik binosi atrofidagi har bir daraxt tagida, archalaru gulzorlarga o‘rnashib olgan terrorchilar navbatdagi vayronkorlik va vahshiylik uchun, yangi hujum yoki himoya uchun puxta tayyorlanishar, shisha idishlarga benzin quyib, portlovchi va yondiruvchi moslamalar tayyorlashardi. Muayyan bir guruh esa tevarak atrofdan odamlarni to‘xtovsiz ushlab kelar, urib-turtib hokimiyat ichkarisiga olib kirib ketardi. E’tiborli jihati shundaki, terrorchilar tomonidan garovga olinayotganlar ham tasodifiy emas, asosan Andijon viloyatining boshqaruv va sud organlarida ishlagan yoki ishlayotganlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda viloyat faollari bo‘lib, ularning aksariyati yarim tunda viloyat hokimligi binosiga aldov yo‘li bilan chaqirib olingan yoki keyinroq zo‘rlab olib kelingan. 

Andijon voqealariga 15 yil: Vodiyni titratgan tun haqiqatlari

Qo‘lga olinganlar shunchaki garovda ushlab turilgani yo‘q. Aksincha, ularning boshiga terrorchilar ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan azoblarni solgan. Garovdagilarning ko‘plari vahshiyliklar qurboniga aylangan. Ba’zilarini esa shunchaki otib tashlashgan. Andijon shahar prokurori G‘anijon Abdurahimov ham ana shunday qiynoqlar qurboni bo‘ladi. 

Terrorchilar tomonidan shunga o‘xshash qator vahshiyliklar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da Islom Karimov rahbarligidagi shtab a’zolari masalani imkon qadar tinch yo‘l bilan hal etish, behuda qon to‘kilishi va ortiqcha vayronkorliklarning oldini olish maqsadida tinch muzokaralarga kirishdi. 

“Bo‘lar ish bo‘ldi, qilganingizni qildingiz. Niyatingizga yetdingiz, lekin sizlarga qattiq aytadigan bir gapimiz, shartimiz, kerak bo‘lsa taklifimiz shu: boshingizdan bir tola sochingiz tushmaydi, hech kim sizlarga zarar bermaydi. Xohlasangiz qurolni topshiringlar, xohlamasangiz qurolni topshirmasdan mana uch-to‘rtta avtobus, shu avtobuslarga joylashib, xohlagan joyingizga boringlar. Takror aytaman, sizlarga hech kim tegmaydi. Bu Prezidentning va’dasi”, degan edi Islom Karimov. 

Bu taklif va umuman 13 may ertalabdan to soat 18:00 ga qadar olib borilgan muzokaralar, afsuski, kutilgan natijani bermadi. Terrorchilar ilgari surilgan takliflarning barchasini inkor etgani holda Hukumat oldiga mutlaqo bajarib bo‘lmas talablarni qo‘ydilar. Xususan ular avvaliga mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan 6 nafar rahnamolarining ozod etilishini talab qilishdi. Keyin bu ro‘yxat yana kengaydi. Ular so‘ragan odamlar konstitusion tizimni ag‘darish maqsadida respublika hududida amalga oshirilgan avvalgi terroristik harakatlarda faol qatnashgan kimsalar bo‘lib, ularni ozodlikka chiqarish yurt osoyishtaligini yanada kattaroq xavf ostiga qo‘yishi mumkin edi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Eron prezidenti rus tilida Rossiya hukumati va xalqiga minnatdorchilik bildirdi

Унинг таъкидлашича, Россиянинг кўрсатган қўллаб-қувватлаши икки давлат ўртасидаги стратегик ҳамкорлик ва дўстлик алоқаларини мустаҳкамлайди.

Eron AQSh bilan urushda ustunlikka ega

Ҳақиқат шундаки, АҚШ вазифанинг мураккаблигига етарлича баҳо бермади.

Tramp Eronning "sirli sovg‘asi" nima ekanligini biladimi?

Трампнинг сўзларига кўра, у янгиликларда саккизта кеманинг "бўғознинг ўртасидан сузиб кетаётганини" кўрган.

Marko Rubio Ormuz bo‘g‘ozini ochish shartini ma’lum qildi

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио агар Эрон «жаҳон кема қатновига таҳдид қилишни тўхтатса», Ормуз бўғозини «эртагаёқ очиш мумкин»лигини маълум қилди.

Tramp harbiy operasiyadan so‘ng Eron neftiga kirish huquqini qo‘lga kiritganini tan oldi

Трамп бу баёнотни Оқ уйда журналистларнинг саволларига жавоб бериш чоғида айтиб ўтди.

Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.

The New York Times хабар беришича, Дональд Трампнинг Эронга оид сиёсати кутилган натижани бермаган.

Turk dunyosi noshirlari Anqarada uchrashadi

Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.

Pragadagi "Rossiya uyiga" "Molotov kokteyllari" bilan hujum qilindi

Марказ раҳбари Игор Гиренконинг сўзларига кўра, кутубхона биносига улоқтирилган олтита "Молотов коктейлидан" учтаси портламай қолган.

Toshkentda 4 kishini urib yuborgan Tracker haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Жиноят 26 март куни туш пайтида Ниёзбек йўли кўчасида келиб чиққан жанжалдан сўнг содир этилган. Кузатув камераларидаги тасвирларда воқеадан аввал бошқа одамлар кўз ўнгида икки эркак муштлашаётганини кўриш мумкин.

Yashillik darajasini oshirishga hissa qo‘shganlarga maxsus maqom beriladi

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси самарадорлигини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони қабул қилинди.

Abbas Aragchi: AQSh so‘zlari va harakatlari qarama-qarshi

Аббас Арагчи Эрон ташқи ишлар вазири сифатида Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан билан телефон орқали суҳбатда АҚШнинг ҳаракатлари ва сўзлари ўртасида зиддият борлигини таъкидлади.

Eron bizdan bitim tuzishni yolvorib so‘ramoqda, men ulardan buni so‘raganim yo‘q — AQSh prezidenti

Доналд Трампнинг бошқа баёнотлари:

Toshkentda ayol kishini ayol ekanligi tufayli ishga olishmadi

Мурожаатда қайд этилишича, у 2026 йил январь ойида Тошкент вилоятидаги иқтисодий соҳага оид ташкилотлардан бирига мавжуд лавозимга ишга қабул қилиш масаласи бўйича суҳбатдан ўтган, ариза ёзган ҳамда электрон шартномани имзолаган. Шундан сўнг ишга қабул қилиш тўғрисида буйруқ чиқиши кутилган.

Voyaga yetmagan ikki qiz kirakashni tunab, uning qulog‘ini tishlab oldi

Ҳозирда эса ҳолат юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Qozog‘istonda dron quladi

Аввалроқ, Қозоғистон Мудофаа вазирлиги бу каби дронларнинг 90 фоиздан ортиғи Россия 926-бош учиш синов маркази полигон ҳудудига тўғри келишини билдирган.

Noqonuniy oltin savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Экспертиза хулосасига кўра, ушбу олтин қуймасининг баҳоси 209 млн 757 минг сўмни ташкил этади.

Amudaryo orqali 10 kg narkotikni olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Унинг ёнида бўлган 2 та қопнинг ичида эса жами 10 дона ўрамда 10 кг 354 гр “гашиш” гиёҳвандлик воситаси борлиги аниқланди.

Rossiya Ukrainaga bir sutkada qariyb mingta dron bilan hujum uyushtirdi

Украина Мудофаа вазирлигининг маълум қилишича, Россия армияси Украинага қарши қарийб 1000 та дрондан иборат улкан ҳаво ҳужумини амалга оширди. Бунинг оқибатда камида 7 киши ҳалок бўлди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli Yevropa aprel oyidayoq yoqilg‘i taqchilligini his qilishi mumkin – The Guardian

Бу ҳақда Shell нефт компанияси бош директори Ваэл Саван маълум қилди, деб хабар бермоқда нашр.

Eron AQShning talablarini rad etdi

Бу ҳақда “Ҳизбуллоҳ” гуруҳига алоқадор Al Mayadeen телеканали Эроннинг сиёсат ва хавфсизлик соҳасидаги расмийсига таяниб хабар берди.

Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг Чегара қўшинлари ҳарбий хизматчилари қўшни Афғонистондан мамлакатимизга контрабанда қилинган катта миқдордаги наркотик моддаларни тўхтатиб қолишди.

Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Хонадонда 79 ёшли М.С. (аёл), унинг 37 ёшли невараси Д.Ю. (аёл) ва ва 17 ёшли евараси М.Ж. (ўғил) бўлган.

Eron xavfni kuchaytirmoqda: Tehron AQShga qanday talablar qo‘ymoqchi?

Reuters агентлигининг Теҳрондаги манбаларига таяниб хабар беришича, Эрон воситачилик уринишлари ва АҚШ билан мумкин бўлган алоқалар фонида музокаралар олиб бориш позициясини мустаҳкамлади.

Isroil TIVning rasmiy kanali joylagan xabar: Eron rejimi dunyodagi eng katta tahdid

Исроил Ташқи ишлар вазирлиги баёнотига кўра, Эрон режими глобал террор тармоғининг асосий ташкилотчиси ҳисобланади.